
2019 yilning 29 oktabr sanasida OFKning ishchi guruhi yurtimizga tashrif buyurib, «Bunyodkor» futbol akademiyasining bugungi faoliyati yaqindan tanishgandi. Undan tashqari ishchi guruh «Nasaf» futbol maktabining faoliyatini o‘rgandi.
O‘zingizga ma’lum, futbol maktabimiz bosh jamoamiz hamda yurtimizning turli yoshlardagi terma jamoalariga futbolchilar yetkazib bermoqda. Bunga birgina misol qilib Tailand davlatida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida ishtirok etgan to‘qqiz nafar futbolchilarimizni keltirib o‘tishimiz mumkin. Bular: Oybek Bozorov, Bobir Abdixoliqov, Sherzod Nasrullayev, Azizjon G‘aniyev, Sharof Muhitdinov, Abduvohid Ne’matov, Dilshod Saitov, Islom Kenjaboyev, Ilhom Alijonovlar.
4 fevral kuni OFK «Nasaf» hamda «Bunyodkor» akademiyalariga ikki yulduzli, Andijon futbol maktabiga bir yulduzli maqomi berilganligi bo‘yicha rasmiy hujjatni e’lon qildi.
Ma’lumot uchun, Osiyo davlatlari orasida uch yulduzli maqomga faqatgina Qatar davlatining “Espayr” akademiyasi ushbu maqomga ega hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar