23:12 / 15.02.2020
2 416

Igaloni MYUga o‘tishga undagan hodisa haqida yurakni o‘rtaydigan hikoya

Igaloni MYUga o‘tishga undagan hodisa haqida yurakni o‘rtaydigan hikoya
Odion Igalo "Manchester Yunayted"ga o‘tishi azaliy orzusi bo‘lganligini va buni opasi Meri ko‘ra olmaganligi haqida yig‘lab gapirdi.
Igalo "Manchester Yunayted" libosidagi ilk o‘yinini dushanba kuni "Stemford Brij"da "Chelsi"ga qarshi o‘yinda o‘tkazishi mumkin.

Biroq buni "Yunayted"ning ashaddiy muxlisi bo‘lgan, o‘tgan yilning dekabrida 43 yoshida vafot etgan uning opasi ko‘ra olmaydi.
Igalo butsalariga opasining ismini yozdirgan va uning ismi tushirilgan "Yunayted"ning oq libosini kiyib olishga tayyorlanmoqda.

Undan tashqari, nigeriyalik hujumchi uradigan har bir golini onasi kabi mehribon bo‘lgan Meriga bag‘ishlaydi.
"Hissiyotlarga cho‘myapman, uni eslayapman. Uni boshqa ko‘ra olmayman. U meni bir umrga tashlab ketdi", - dedi Igalo.


"Ba’zida bir o‘zim qolaman va uni o‘ylayman. Yuragim eziladi. Og‘riq paydo bo‘ladi. Yashagim kelmay qoladi".
"Egizak opam Axere har doim qo‘ng‘iroq qilganida, yig‘lab doimo uni eslayotganini aytadi. Bir o‘zim qolib ketganimda, hech kim menga qaramayotganida yig‘layman. Ko‘nglim yumshab ketaveradi".

"Bu juda og‘riqli yo‘qotish men uchun. Biroq doimo kuchli bo‘lishga intilaman".
Meri bolalarini maktabga olib borishga tayyorlanayotganida birdaniga yuragi xuruj qilib qoldi.

"Og‘riqli lahza. U shunchaki xushini yo‘qotdi... Bolalari tez yordamni chaqirguncha hayotdan ko‘z yumdi. Shifokorlar kelib esa uni hayotga qaytarishga intilishdi. Kech edi. Men opamdan ayrilib bo‘lgandim".
"U bizning katta opamiz bo‘lsa-da, barchamiz uchun onamizdek edi".

"Kichkinaligimda u men haqimda doimo qayg‘urardi. Barchamiz baxtiyor ekanligimizni aytib erkalardi, barchasi yaxshi derdi".
"Opam "Yunayted"ning ashaddiy muxlisi edi. Barchamiz "Manchester Yunayted"ning o‘yinlarini ko‘rib katta bo‘lganmiz va birgalikda muxlislik qilganmiz".

"Merining turmush o‘rtog‘i "Chelsi", bolalari "Manchester Siti" va "Liverpul"ga muxlislik qilishsa ham, u "Yunayted"ga sodiq qolgandi".
"Yunayted"ga o‘tganimda esa..... U buni ko‘rmayapti. Alam qilyapti...".

"Bilaman, u osmonlardan menga tikilib turibdi va har kuni meni qo‘llab-quvvatlaydi. Shu boisdan uning nomi tushirilgan butsalar bilan o‘ynayman. Shu orqali u mening yonimdaligini his qilaman. Albatta, u mening yonimda va qalbimda bo‘lib qolaveradi".
"Shu ondan boshlab to faoliyatimni yakunlagunimcha urgan har bir golimni u va Xudoga bag‘ishlayman".

"Uning nomini oq libosga yozdirishdan maqsadim - u men bilan hamrohligini butun dunyoga ko‘rsatmoqchiman".
"U ham meni "Old Trafford"da o‘ynayotganimni ko‘rib, barchamiz qilgan niyatlarimiz ushalganini ko‘rishini va his qilishini istayman".

Mirjalol Normatov tarjimasi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Igaloni MYUga o‘tishga undagan hodisa haqida yurakni o‘rtaydigan hikoya