
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Manchester Siti"ning navbatdagi ikki mavsum YECHLda o‘ynamasligi borasida gapirdi.
Eslatib o‘tamiz, UYEFA 2012dan 2016 yilgacha vaqt oralig‘ida moliyaviy qallobliklar tufayli "shaharliklar"ga shunday jazo berdi.
"Bu shunchaki g‘alati. Meni shokka soldi. Men faqatgina futbol haqida gapira olishim mumkin. Ularning maydonda ko‘rsatayotgan o‘yinlari - shunchaki ajoyib!
Bunday qarordan keyin Gvardiola va futbolchilarga achindim. Ha ular qarordan norozi bo‘lib, appelyatsiya berishlari mumkin. Ammo holat juda jiddiy", - dedi Klopp. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar