19:35 / 16.02.2020
3 484

Naraning otasi: "Qizim pulga uchadi va bergan so‘zini qaytib olaveradi"

Naraning otasi: "Qizim pulga uchadi va bergan so‘zini qaytib olaveradi"
PSJ hujumchisi Mauro Ikardining rafiqasi va agenti Vanda Naraning otasi Andres Nara qizi haqida gapirdi.
Ta’kidlash kerak, ota va qizning o‘rtasidagi munosabat ancha yillar oldin uzilgan va ular bir-biri bilan gaplashishmaydi.

"Vanda opasi Zairadan o‘rganadigan narsalari ko‘p. Zaira bilan munosabatim Vandanikiga qaraganda keskin farq qiladi. Zairaga hali biror marta Vanda bilan gaplashishim kerakligini aytmaganman. Vanda doimo pulga uchadi va bergan so‘zini qaytib olaveradi", - dedi Andres.

Eslatib o‘tamiz, yozgi transferlar oynasi vaqtida Vanda rafiqasi Mauro "Inter"da qolishini bir necha bora ta’kidlagandi. Ammo keyinchalik PSJ unga mo‘maygina taklif bilan chiqdi va natijada Ikardi parijliklar tarkibiga o‘tib ketdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Naraning otasi: "Qizim pulga uchadi va bergan so‘zini qaytib olaveradi"