Foto: RIA Novosti
Ijtimoiy tarmoqlarda bu qaror turli xil bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Sport ishqibozlari nufuzli turnirga Toshkent mezbonlik qilishidan xursand bo‘lgan bo‘lsalar, ko‘pchilik foydalanuvchilar bu qarorni ehtiyotsizlik oqibati deya baholaganlar.
Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chirilgani to‘g‘risida Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi matbuot xizmatiga asoslanib xabar bergandik.
Xabarda bunday qarorga kelinishiga Xitoyda koronavirusning yangi turi tarqalishi sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan. Qozog‘iston hukumati Xitoy bilan chegaradosh mamlakatlardan bo‘lgan yo‘lovchilarning harakatiga cheklovlar kiritgani sababli Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi ijroiya qo‘mitasi vaziyatni zudlik bilan muhokama qilgan va Osiyo chempionatini O‘zbekistonga ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorga kelgan. Shu tarzda turnir 16-25 aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda bu qaror turli xil bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Sport ishqibozlari nufuzli turnirga Toshkent mezbonlik qilishidan xursand bo‘lgan bo‘lsalar, ko‘pchilik foydalanuvchilar bu qarorni ehtiyotsizlik oqibati deya baholaganlar.
Xo‘sh, koronavirus tufayli Qozog‘istonda o‘tkazilmaydigan bu turnir O‘zbekistonda o‘tkazilishi xavfsizlik nuqtai nazaridan qanchalik asosli?
Bu savolga javob olish uchun dastlab Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan bog‘landik. Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayev vaziyatni shunday izohladi:
– Xavotirga o‘rin yo‘q. Bu turnir Qozog‘istonda o‘tkazilmayotganining yagona sababi Xitoy bilan bu davlat o‘rtasida yirik chegara hududi bor va belgilangan karantin hamon amalda turibdi. O‘zbekistonning Xitoy bilan bevosita chegarasi yo‘q, qolaversa, bu turnir doirasida ham, unga qadar va undan keyin ham mamlakatimizga kirib keluvchi har bir mehmon alohida tekshiruvdan o‘tkaziladi. Musobaqa jarayonida ham shifokorlarning muntazam kuzatuvi olib boriladi. Bu turnirning yurtimizda o‘tkazilishi O‘zbekiston sporti uchun yorqin bir sahifa bo‘ladi, deb o‘ylayman.
O‘zbekiston Og‘ir atletika federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Shahrullo Mahmudovning ham fikrlari bilan qiziqdik.
– Toshkent bu nufuzli musobaqani o‘tkazishga tayyor. O‘zi avvaldanoq mezbonlikka Qozog‘iston va O‘zbekiston asosiy da’vogar bo‘lib turgandi. Mavjud vaziyatdan kelib chiqib darhol Toshkent variantida to‘xtalishdi. Holbuki Tailand, Filippin kabi davlatlar ham da’vogar bo‘lishgandi. Ammo ularning o‘zida ham koronavirus xavfi, doping mojarolari tufayli bu musobaqa mezbonligi berilmadi.
Turnirning Toshkentda o‘tkazilishi bizga qator afzalliklarni beradi. Unutmaslik lozim, bu Tokio olimpiadasi uchun beriladigan oxirgi litsenzion turnir. Ayni shu kunlarda sportchilarimizning boshqa davlatdagi turnirda qatnashib kelishi ham tayyorgarlikka salbiy ta’sir qilishi mumkin edi, bu holat o‘z-o‘zidan bartaraf bo‘ldi. Sportchilarimizga bu turnirda sport tili bilan aytganda “qadrdon devorlar ham yordam berishadi”.
Faqat tashkiliy jihatdan bir masalaning yechimi qoldi – turnir o‘tkaziladigan 16-25 aprel kunlari turistik mavsum boshlangan bo‘ladi, mehmonxonalarda joy topish muammo bo‘lib qoladi. Ammo bizning hamkor mehmonxonalarimiz bor, keladigan 400-500 nafar mehmonlarni joy bilan ta’minlash uchun barcha choralarni ko‘ramiz.
Ijtimoiy tarmoqlardagi xavotirli izohlarni kuzatib boryapman, aytishim mumkinki, barcha ehtiyot choralari ko‘riladi. Sportchilar nafaqat turnirlarda, balki doimo shifokorlar nazoratida bo‘ladilar. Demak kasallik yuqtirib olish xavfi yo‘q.
Aksincha, bu yirik turnirni ko‘ngildagidek o‘tkazish O‘zbekiston nufuzini oshirishda xizmat qiladi, – dedi Sh. Mahmudov.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil dekabr oyida Xubey provinsiyasining Uxan shahrida yangi turdagi koronavirus tarqalishi boshlandi. Virus tarqalishi tezda Xitoyning materik qismiga ko‘chdi, so‘ngra dunyodagi ayrim davlatlarda kuzatildi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 17 fevraldagi ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda kasallanishlar soni 71,5 ming kishiga yaqinlashdi. 1873 kishi yangi virusning qurboniga aylandi.
20 yanvardan 13 fevralgacha Xitoyning uchta aviakompaniyasi koronavirusning yangi turi tarqalayotgani sababli 78 ming reysni bekor qildi va 13 million chiptani qaytarib berdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»