
Dordmundning "Borussiya" klubi futbolchisi Erling Xoland futboldagi kumiri haqida gapirib o‘tdi.
“Bir kun kelib Ronaldu bilan uchrashishni xohlardim. Men Ronaldu sabab futbolchi bo‘lganman. Buni unga aytishni xohlardim. U men uchun har doim o‘rnak bo‘lgan”, — deydi Xoland.
Ma’lumot uchun: Italiyaning “Roma” klubi 2 yil oldin Xolandni 4 mln yevroga sotib olishni rad etgani ma’lum bo‘ldi.
“Ikki yil oldin “Roma”ga Xoland bilan 4 mln yevro evaziga shartnoma imzolashni taklif etishgan. Uni Monchi klubga taklif qilgandi (“Roma” sobiq direktori). Ammo “Roma” buni rad etgan. Xoland esa “Zalsburg”ga o‘tgan edi”, — deydi “Roma”ning sobiq futbolchisi ayni damda klubning ayollar jamoasi direktori bo‘lib ishlayotgan Sebastyano Nela. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar