Angliyada Yurgen Klopp bilan bog‘liq kulgili voqea muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
"Manchester Yunayted"ning 10 yoshli muxlisi murabbiy nomiga xat yuborar ekan, undan "Liverpul" tezroq yutqazishini so‘radi, chunki "qizillar"ning g‘alabasi uni xafa qilmoqda. Klopp esa unga javob xati yozdi.
"Qadrli Darag! Sen menga omad tilamading, ammo yosh muxlis bilan suhbatlashish baribir yaxshi. Sening talabingni qondira olmayman.
Sen "Liverpul"ga mag‘lubiyat tilayapsan, mening ishim esa g‘alaba uchun hamma narsani qilish. Yaxshiyamki, sen uchun oldingi o‘yinda ("Atletiko"ga qarshi o‘yin) yutqazibmiz, buyog‘iga ham shunday bo‘ladi, chunki bu futbol.
Umid qilamanki, agar biz ko‘plab sovrinlarni yutsak, bu seni xafa qilmaydi. Klublarimiz raqib bo‘lsada, bir-birini hurmat qilishadi. Futbol men uchun shunday", - deb yozgan Klopp.
Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" APLda hali mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas