07:44 / 26.02.2020
2 249

Gattuzo: "Barselona" bizga deyarli muammo tug‘dirmadi

Gattuzo: "Barselona" bizga deyarli muammo tug‘dirmadi
Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichida "Napoli" va "Barselona" (1:1) o‘zaro durang o‘ynashdi. Uchrashuvdan keyin, mezbonlar ustozi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Biz bir qator qarshi hujumlardan unumli foydalanishimiz mumkin edi, ammo jamoa qilishi kerak bo‘lgan vazifani bajara oldi. Biz raqibimizga vaziyatlar yaratish uchun deyarli imkon bermadik.

Men to‘p nazoratini qo‘lga olmaganimizdan biroz hayron bo‘ldim, ammo juda ko‘p ishlaganizda biroz charchoq seziladi. "Barselona"ga qarshi xatosiz o‘ynash qiyin.

Albatta, keyingi bosqichga chiqishimiz uchun imkoniyatimiz bor, barchasi javob uchrashuvida hal bo‘ladi.
Ularda Buskets va Vidal o‘ynay olmasligini bilamiz.

U yerga borish va keyingi bosqich uchun kurashish bizning burchimizdir. "Napoli"da kuchli futbolchilar ko‘p, "Barsa"da esa undan ham ko‘proq narsa bor, ammo biz bor kuchimiz bilan o‘ynasak, imkoniyatimiz bo‘ladi.

O‘ylashimcha, ular bugun bizni xavotirga solib qo‘ya olishmadi, bor-yo‘g‘i bir marotaba qiyinchilik bilan aniq zarba berishdi. Ular butun o‘yin davomida darvozamizga yaqin o‘ynashdi, ammo zarba bera olishmadi. Biz yo‘l qo‘ygan yagona xatoyimiz evaziga darvozamizdan to‘p olib chiqdik.

Ular bizga hech qanday muammo tug‘dira olishmadi, biz buni sezmadik ham! Agarda to‘g‘ri himoyalansa, "Barselona" qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga urinadi va bu ham hech narsani anglatmaydi. To‘g‘ri Messining yorib kirishi muammo bo‘lishi mumkin va aynan himoyadagi ayrim rejalarimizda nimadir yetishmayapti," - dedi Gattuzo.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gattuzo: "Barselona" bizga deyarli muammo tug‘dirmadi