
Toshkentliklar 3 mart kuni safarda Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubiga qarshi o‘ynashi lozim edi. Biroq, bu mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan choralar tufayli bahs o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Hozircha bu o‘yinning qachon o‘tkazilishi belgilanmadi.
Bundan tashqari, Saudiya Arabistonida 2 mart kuni o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mahalliy «Al-Ahliy» va «Ash-Shurta» (Iroq) bahsi ham qoldirildi.
«Paxtakor» klubi Chempionlar Ligasidagi 4-turni 6 aprel kuni o‘z maydonida o‘tkazishi lozim. Jamoaga aynan «Al-Hilol» raqib bo‘lishi kerak. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar