Entoni Joshuaning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Entoni Joshuaning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi
Foto: BoxingScene
Professional boksning og‘ir vaznida WBA, IBF, WBO kamarlari sohibi Entoni Joshua (23-1-0, 21 KO) joriy yilning 20 iyunida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Joshuaga bu jangda bolgariyalik Kubrat Pulev (28-1-0, 14 KO) raqiblik qiladi. Bu haqida Entonining promouteri Eddi Hirn ma’lum qildi.

Ushbu jang Joshuaning IBF kamari uchun kechadi. Jang 20 iyun sanasida Londondagi «Tottenhem» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Joshua o‘zining so‘nggi jangini 2019 yil 7 dekabrida Endi Ruisga qarshi o‘tkazib, raqibini ochkolar hisobiga mag‘lub etgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar