Superliganing 1-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Nasaf" (1:3) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirdi.
“Bugungi g‘alabaga asosiy sabab bo‘lgan narsa bu xotirjamlik deyishim mumkin. O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng ham xotirjamlikni saqlab qoldik va yigitlar g‘alabaga ishonch bilan harakat qilishdi.
Bahsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik. Faqat bugun ayrim sabablarga ko‘ra bir qator futbolchilar xizmatidan foydalana olmadik. Albatta, mavsumni g‘alaba bilan boshlash yoqimli holat va barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun uzoq yo‘l bosib kelib, qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildirib qolaman.
Mavsum endi boshlandi va natijalar har xil bo‘lishi mumkin. Kamchilikarimiz bor, to‘pni nazorat qilish, qarshi hujumlarni yakunlashda. Buning ustida ish olib borishimiz kerak ekanligini ko‘rinib qoldi.
Bugun rejamiz bo‘yicha himoyalanib o‘ynashimiz kerak edi. Ammo himoyadagi texnik xato tufayli gol o‘tkazib yubordik. Bahs oxirigacha o‘yinni ham, natijani ham nazorat qildik.
O‘ylashimcha "Qizilqum"ni kuchli futbolchilar tark etdi, ularning o‘rniga kelgan yangilar jamoaga qo‘shilib ketishlari uchun vaqt kerak bo‘ladi.
Marko Stanoyevich nima uchun o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi? U tajribali futbolchi, yosh futbolchilar yoniga Rahmatullayev, Stanoyevich kabi tajribali o‘yinchilarni olib keldik. Uni maydonga tushirishni istagandik, ammo uning sobiq klubi "Irtish"dan hujjat kelishi kerak. Bu hujjat kelishi bilan u maydonga tushadi. Akmal Mozgovoy o‘yinni yaxshi boshqarib bordi, texnik xatolar bo‘ldi, ammo umuman olganda yaxshi harakat qildi.
Umar Eshmurodov ancha yillar davomida bizning klubimizda o‘ynagan. U OCHLda o‘ynashni istagandi, ammo "Paxtakor"da deyarli maydonga tushmayotgani uchun Shota Arveladze bilan gaplashib jamoadan ketmoqchi ekanini aytgan. Biz hozir vaziyatni kuzatib borayapmiz, agar Eshmurodov "Nasaf"ga qaytsa albatta xursand bo‘lamiz”, - dedi Ro‘ziqul Berdiyev. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim"
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi?
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi