Rozi Shenayshil: "Yarim finalda barcha jamoalarning imkoniyati bir xil"

Iroq terma jamoasi bosh murabbiyi Rozi Shenayshil Osiyo kubogi chorak finalida Eron terma jamoasi ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (3:3, pen - 7:6) fikrlarini bildirdi.
"Yunus Mahmud bugun juda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Jamoamiz yosh, shuning uchun etakchimizdan mamnunmiz. U raqiblari yomon ko‘radigan va jamoadoshlari esa sevadigan o‘yinchi.
Matbuotda uni o‘ynatish-o‘ynatmaslik haqida bahslar bo‘ldi, ularga quloq solmadim. Men uning holatini mashg‘ulot vaqtida bilib olganman.
Unga barcha yaxshi tilaklarimni bildiraman, u yulduz va Iroq uchun juda muhim futbolchi.
Menimcha, qizil kartochka raqib o‘yinchilarining konsentrasiyani yo‘qotganligini bildirdi. Eron terma jamoasini juda hurmat qilaman, ammo ular juda katta bosimda bo‘ldilar.
Endigi maqsadimiz - tezroq tiklanish. Biz to‘rt bo‘lim o‘ynadik va hozir eng asosiysi yarimfinal o‘yinigacha tiklanish. Menimcha, Koreya va Avstraliya musobaqada g‘olib chiqishi mumkin bo‘lgan terma jamoalardir. Ammo yarimfinaldagi barcha to‘rt terma jamoa bir xil imkoniyatga ega. Chorak final bosqichi umuman boshqacha.
Janubiy Koreya bilan ko‘p uchrashganmiz, ularga qarshi uchrashuvlarda ko‘p yaxshi natijalarga erishganmiz", - deydi Shenayshil.
Manba: www.Stadion.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing