Foto: MOQ matbuot xizmati
Iordaniya poytaxtida davom etayotgan boks bo‘yicha Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi turnir davom etmoqda. Biroz avval hamyurtimiz Bobousmon Baturov (-69 kg) chorak final jangini yakunladi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Xitoylik Kiong Yersunga qarshi jang olib borgan yurtdoshimiz uch raund davom etgan bellashuvda ustunligini namoyish qildi va bahsni o‘z foydasiga hal qildi. Eng asosiysi, ushbu g‘alaba Baturovga Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini taqdim qildi.
Musobaqa reglamentiga ko‘ra -69 kilogramm vazn toifasida ushbu musobaqada Tokio-2020 uchun 5 ta kvota o‘ynalmoqda. Demak, yarim final final yo‘llanmasi jizzaxlik bokschimizga Olimpiadada qatnashish huquqini beradi.
Shu tariqa delegatsiyamizning Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan yo‘llanmalari soni 15 taga yetdi. Bugun Olimpiada litsenziyalari uchun ringga ko‘tariladigan yana 4 nafar bokschimizga ham mana shunday g‘alabalar yor bo‘lishini tilab qolamiz» - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu vazn toifasida yurtimiz sha’ni uchun kurashishda ikkita asosiy nomzod – Bobousmon Baturov va Shahram G‘iyosov edi. Yopiq eshiklar ostida o‘tgan o‘zaro jangdan keyin murabbiylar shtabi Baturovni saralash turniriga olib borishdi va u o‘ziga bildirilgan ishonchni oqladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»