date

Ruslan Koryan: «Lokomotiv» OChLda ishtirok etishi va Abramov kuchli murabbiy bo‘lgani uchun toshkentliklar taklifini qabul qildim»

Ruslan Koryan: «Lokomotiv» OChLda ishtirok etishi va Abramov kuchli murabbiy bo‘lgani uchun toshkentliklar taklifini qabul qildim»

Toshkentning "Lokomotiv" klubi safida rossiyalik hujumchi Ruslan Koryan ko‘rikdan o‘tmoqda. U "Luch-Energiya" safida Rossiya Birinchi divizionida o‘tgan mavsumda 17ta o‘yinda 6ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

"Men "Lokomotiv"ning BAAda tashkil etilgan yig‘inida ishtirok etib, 3ta nazorat o‘yinida 2ta gol urdim, - deydi 25 yoshli hujumchi Sportbox.ru saytiga bergan intervyusida. To‘g‘ri, ko‘proq, qumda shug‘ullandik, formamizni tikladik. Nima uchun "Lokomotiv"? Pul tufayli emas. Qozog‘iston chempionatidan pul tomonlama yaxshiroq bo‘lgan takliflar bor edi. Rossiya Birinchi divizionidan ham takliflar bor edi. Lekin ular shunchaki meni ko‘rikka taklif qilishdi yoki o‘z oldiga jiddiy maqsad qo‘ymagan klublardan taklif bo‘ldi.

"Lokomotiv" esa 25 fevral kuni Osiyo chempionlar ligasi doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi bahs kutib turibdi. Bu esa jiddiy sinov. O‘z safiga chorlagan klubga borish lozim, o‘zim xohlagan joyga emas. Shuningdek, "Lokomotiv" juda kuchli trener Vadim Abramov ishlamoqda. U o‘z vaqtida O‘zbekiston terma jamoasini boshqargan. Bizning qarashlarimiz bir joydan chiqdi. Turkiyada bo‘ladigan keyingi yig‘in vaqtda barchasi to‘la hal qilib olamiz", - deydi Ruslan Koryan.

Manba: www.Stadion.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ruslan Koryan: «Lokomotiv» OChLda ishtirok etishi va Abramov kuchli murabbiy bo‘lgani uchun toshkentliklar taklifini qabul qildim»