
Iordaniyada o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha Tokio-2020 litsenzion turnirida uch bokschimiz finalga chiqdi.
+91 kg vazn toifasidagi bokschimiz Bahodir Jalolov ham Iordaniyada davom etayotgan litsenzion turnirning yarim finalida o‘z jangini o‘tkazdi. Unga bu bosqichda hindistonlik Satish Kumar raqiblik qildi. Hamyurtimiz chorak finalda bahraynlik Danis Latipovni mag‘lub etib, litsenziyani qo‘lga kiritib ulgurgan edi.
Jangning birinchi raundi kutilganidek Bahodirning ustunligida o‘tdi va bu hisobda ham o‘z aksini topdi. Ikkinchi raund ham dastlabkisining ssenariysi ostida kechdi. Raqib masofani qisqartirishga harakat qildi. Hamyurtimiz esa uni aniq zarbalar bilan tutib olaverdi.
Yakuniy raundda ham Jalolov yaqqol ustunlik qildi va yakunda u raqibi ustidan 5:0 hisobida zafar quchgan holda, finalga yo‘l oldi.
Ikkinchi yarim finalda qozog‘istonlik Qamshibek Ko‘nkaboyev jarohat tufayli jang o‘tkazishdan bosh tortganligi uchun finalga avstraliyalik Justis Xuni yo‘l oldi. Endi turnir chempionligi yo‘lida hamyurtimiz ushbu yashil qit’a vakili bilan jang olib boradi.
Bungacha -57 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Mirazizbek Mirzahalilov va -63 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Elnur Abduraimovlar ham musobaqaning finaliga yo‘l olishgan edi.
Shu tariqa litsenzion turnirda Elnur Abduraimov, Mirazizbek Mirzaxalilov va Bahodir Jalolov ertaga oltin medal uchun ringga ko‘tariladi.
IordaniyaBoks MusobaqasiBahodir JalolovTokio-2020Litsenzion TurnirFinalga Chiqdi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar