08:10 / 11.03.2020
2 711

YECHL 1/8 final. «Atalanta» chorak finalga chiqdi, «Tottenhem» yirik mag‘lubiyatga uchradi (video)

YECHL 1/8 final. «Atalanta» chorak finalga chiqdi, «Tottenhem» yirik mag‘lubiyatga uchradi (video)
Foto: Getty Images
Chempionlar ligasi nimchorak final dastlabki javob bahslari doirasidagi ikki o‘yindan so‘ng keyingi bosqichga chiqqan ikki jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.

«Mestalya»da tomoshabinsiz o‘tgan o‘yinda «Valensiya» 3ta gol urishga erishgan bo‘lsa-da, Ilichich pokerga erishib «Atalanta»ga navbatdagi g‘alabani taqdim etdi – 3:4.

Germaniyada esa «Leypsig» javob bahsida ham «Tottenhem»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Bu safar London klubi darvozasiga javobsiz uchta gol urildi – 3:0.

YECHL. Nimchorak final. Javob uchrashuvi
10 mart (seshanba)


Valensiya Ispaniya – Atalanta Italiya 3:4
Gollar:
0:1 – 3, penalti Ilichich, 1:1 – 21 Gameyro, 1:2 – 43, penalti Ilichich, 2:2 – 51 Gameyro, 3:2 – 67 Ferran Torres, 3:3 – 71 Ilichich, 3:4 – 82 Ilichich.
Valensiya – Sillessen, Vass, Diakabi (Gedesh, 46), Gayya, Kondogbia, Koklen (Cherishev, 74), Soler, Parexo, Ferran Torres, Rodrigo (Florensi, 79), Gameyro.
Atalanta – Sportello, Xatebur, Palomino, Kaldara, Gosens, Gomes (Malinovskiy, 78), de Ron (Sapata, 45), Ilichich, Froyler, Pashalich (Tamez, 83), Gimshiti.
Birinchi uchrashuv – 1:4.

RB Leypsig Germaniya – Tottenhem Angliya 3:0
Gollar:
1:0 – 10 Zabitser, 2:0 – 21 Zabitser, Forsberg 87.
RB Leypsig – Gulachi, Mukiyele (Adams, 56), Xalstenberg, Klostermann, Anxelino, Laymer, Zabitser, Nkunku (Aydara, 59), Upamekano, Shik, Verner.
Tottenhem – Loris, Ore, Alderveyreld, Tanganga, Alli, Uinks, Lukas Moura, Sessenon, Lamela, Lo Chelso (Jedson Fernandesh, 80), Dayer.
Birinchi uchrashuv – 1:0.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YECHL 1/8 final. «Atalanta» chorak finalga chiqdi, «Tottenhem» yirik mag‘lubiyatga uchradi (video)