Foto: Reuters
«Yuventus» klubi himoyachisi Daniele Ruganida COVID-19 koronavirus aniqlandi. Bu haqda Turin klubi rasmiy bayonot bilan chiqdi.
«Tibbiy tekshiruvlar natijasida Rugani koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi. Klub futbolchini alohida saqlash va davolash ishlarini boshladi. Futbolchi bilan yaqin aloqada bo‘lgan klub vakillari ham alohida ro‘yxatga olindi. Ehtiyot chorasi sifatida futbolchilar ham chuqur tibbiy nazoratdan o‘tkaziladi» - deyiladi klub xabarida.
Rugani 8 mart kungi «Inter»ga qarshi o‘yinda maydonga tushirilmagan bo‘lsa-da, turinliklar zaxirasidan joy olgandi. U ikki jamoaning bir qator futbolchilari bilan ko‘rishgan. Virusning uyg‘onish muddati 14 kun sanaladi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan 24 soat ichida Italiyada 168 nafar kishi koronavirusdan vafot etdi. Kasallanganlar soni 9 ming nafar kishidan oshgan. Mamlakatda barcha ommaviy tadbirlar, shu jumladan A Seriya o‘yinlari ham qoldirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»