
Kecha Petrov kubogi chorak final bosqichidan o‘rin olgan "Zvezda" va "Humo" jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda toshkentliklar 3:2 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Bellashuvdan so‘ng "qanotlilar" ustozi Yevgeniy Popixin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Ikkinchi davrda tashabbusni qo‘lga oldik. Yaxshi gollar kiritdik va shuning evaziga g‘alaba qozondik. Bugun g‘alaba qozonishni maqsad qilgan edik. Yigitlar ajoyib harakat qilishdi. O‘yinning oxirida albatta, og‘ir vaziyatlar yuzaga keldi. Kichik jarima olingan vaqtda raqib olti xokkeychi bilan harakatlandi. Shunga qaramay, biz himoyada turib bera oldik va g‘alaba qozondik", - dedi Popixin.
Qiziqarli va gollarga boy kechgan uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar