3 355
Aleksandr Xomyakov: "Bugun Andijon viloyati hokimi bilan uchrashaman va klubdan ketaman"
Superliganing 3-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Navbahor" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Asabiy o‘yin bo‘ldi. Bizda ko‘p narsa o‘xshamadi, balki bosim ta’sir qilgandir. Juda ham yutishni istagandik. Yigitlarda hayajon sezilib turdi. O‘yin so‘nggida biz ham, raqib ham ajoyib imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Uchrashuv haqida nimadir deyish qiyin. Ko‘plab futbolchilar bunday o‘yinlarda o‘ynash tajribasi yo‘q. Afsuski durang bo‘ldi. Natija barchasidan ustun turadi. Rahbariyat natija talab qilishini juda yaxshi bilaman. Viloyat hokimi va klub prezidenti Shuhrat Qo‘shoqboyevich natija hamda g‘alabalarni talab qilishga haqqi bor.
Bugunoq rahbar bilan uchrashib jamoadan ketaman. Natija yo‘q ekan balki yangi murabbiy futbolchilarni ruhlantirib yuborar. O‘z ishimdan qoniqmadim. Hozir nima desam ham bahona bo‘lib qoladi. Ketma-ket uchta o‘yin g‘alabasiz bo‘ldi. Bugun juda ham yomon o‘ynadik. Yana qaytaraman ariza yozib bosh murabbiy lavozimini tark etishga tayyorman, barchasi rahbariyatga bog‘liq. 3ta turda 1 ochko bu kam", - dedi Xomyakov.
- Muxlislar va jurnalistlar siz bosh murabbiy bo‘lishingizni xohlashadi...
- Afsuski ish beruvchilar boshqa odamlar va barchasi ularga bog‘liq. Bugun rahbariyat bilan gaplashib olishga va kelajagimga oydinlik kiritishga umid qilaman. Bu yerga kelganimda klubni tuzishni boshqacharoq ko‘rgandim. O‘tgan mavsum so‘nggida boshqa klublardan menda takliflar bo‘lgandi. Ularni rad qilgandim. Men murabbiyman, boshqa sharoitlarda ishlashni istayman. Natijadan qat’iy nazar klubdan ketishga tayyorman.
Bugun natija zarur edi. Bunday o‘yinlarda kamroq xato qilgan jamoa yutadi. Ha biz birinchi turda "Lokomotiv" bilan chiroyli o‘yin ko‘rsatgandik, ammo chiroyli o‘yinga ochko berishmaydi. Bugun esa natija kerak edi. Shu bois chiroyli o‘yin kerak emas deb uqtirgandim.
- Dastlabki uchta turdagi raqiblar ham kuchli ediku, "Lokomotiv", "Nasaf" va "Navbahor". Bu klublar OCHL uchun kurashishmoqda.
- To‘g‘ri, lekin rahbariyatga raqib kim bo‘lishining farqi yo‘q. Natija yo‘q, demak murabbiy ham yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar