15 mart kuni O‘zbekistonda ilk koronavirus holati aniqlangach, barcha ommaviy tadbirlar, xususan sport va futbol musobaqalari rasman bekor qilindi. Shu jumladan, milliy jamoasining o‘rtoqlik o‘yini ham o‘tkazilmaydi.
«O‘zbekiston va Tojikiston milliy jamoalari o‘rtasida 31 mart kuni Toshkentda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ushbu o‘rtoqlik uchrashuvini koronavirusning tarqalishi xavfi tufayli bekor qildi», - deya xabar bermoqda Tojikiston futbol federatsiyasining rasmiy sayti.
Vadim Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy jamoasi 31 mart kuni JCH-2022 saralash bosqichi doirasida Yamanga qarshi safarda to‘p surishi lozim edi. Ammo ushbu bahsning bekor qilingani va Tojikiston bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi haqida O‘FA tomonidan ma’lumot berilmagandi.
Shuningdek, 26 mart kuni Toshkentda Armaniston milliy jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini rejalashtirilgandi. Bu bahs ham katta ehtimol bilan bekor qilinishi mumkin.
Oldinroq, FIFA OFK bilan kelishgan holda JCH-2022 saralashidan o‘rin olgan o‘yinlarni qoldirishga qaror qilgan, ammo milliy jamoalar o‘zaro kelishgan holda o‘yin ishtirokchilari xavfsizligi ta’minlanishi sharti bilan uchrashuvlarni o‘z vaqtida o‘tkazishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. FIFA koronavirus tarqalish xavfi sabab shunday qarorga kelgan. Yuqorida ko‘rsatilgan muddatda O‘zbekiston uchta o‘yin o‘tkazishi kerak edi va endilikda Yaman (31 mart), Singapur (4 iyun) va Saudiyaga qarshi (9 iyun) o‘yinlari noma’lum muddatga qoldirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 15 mart kuni O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Tribuna.uz sayti muxbiri bilan suhbatda Superliga va futbol uchrashuvlarining qoldirilishi masalasida 16 mart kuni navbatdan tashqari O‘FAda yig‘ilish o‘tkazilishi haqida ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar