O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi ayrim manbalar orqali o‘zbekistonlik 4 nafar paralimpiyachi doping sabab diskvalifikatsiya qilingani haqidagi xabarlariga nisbatan quyidagilarni ma’lum qildi:
«Ushbu xabarlarda nomlari tilga olingan sportchilar 2018-2019 yillarda diskvalifikatsiyaga uchragan. Ularda doping aniqlangani haqida o‘z vaqtida O‘zbekiston Milliy antidoping agentligining rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallarida e’lon qilingan. Hozirda ushbu atletlar butunlay sportni tark etishgan. Afsuski, bu xabarlar ommaviy axborot vositalarida biroz noto‘g‘ri talqin qilindi.
Ma’lumki, bugungi kunda o‘zbekistonlik paralimpiyachilar dunyoning kuchli o‘nligiga kiradi. Bu bir tomondan g‘urur bag‘ishlaydi, albatta. Lekin, ikkinchi tomondan bu holat paralimpiya sportchilari zimmasiga katta mas’uliyat yuklashini ham unutmasligimiz lozim. Boisi, WADA (Butunjahon antidoping agentligi) yuqori natijalar qayd etayotgan mamlakat sportchilarini doimiy tarzda tekshiruvga oladi. Shu bois har qachongidan ham hushyorroq bo‘lishimiz talab etiladi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlashimiz lozimki, doping aniqlangan har qanday o‘zbekistonlik sportchi to‘g‘risida ma’lumot O‘zbekiston Milliy antidoping agentligining rasmiy manbalari orqali muntazam e’lon qilinadi». “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar