12:00 / 21.03.2020
3 384

"Ajdarlar"ning yangi o‘yinchisi Marko Stanoyevich jamoa muxlislari, jamoaga qanday kelib qolgani va koronavirus haqida

"Ajdarlar"ning yangi o‘yinchisi Marko Stanoyevich jamoa muxlislari, jamoaga qanday kelib qolgani va koronavirus haqida
"Nasaf"ning serbiyalik yangi o‘yinchisi Marko Stanoyevich bilan suhbatlashdik.
- Salom Marko. Bilamizki, siz "Srvena Zvezda" klubi tarbiyalanuvchisisiz. Dastlab, Serbiyaning ushbu mashhur jamoasi haqida gapirsangiz?
- "Srvena Zvezda" Serbiyaning eng katta klubidir va shu bilan birga tarixda eng ko‘p sovrin yutgani ham.

O‘tgan ikki yil mobaynida ular Chempionlar Ligasining doimiy ishtirokchisiga aylanishdi, bu esa ularning darajasidan dalolat beradi. Men bu klub akademiyasida 13 yoshimdan 19 yoshimgacha to‘p tepganman va u yerda ko‘p narsalarni o‘rganganman.

- O‘zbekistonga kelishingizdan avval bu yerda o‘ynagan serbiyalik futbolchilar haqida bilarmidingiz?
- Bu yerda o‘ynab ketgan bir necha futbolchilarni bilardim. Hozir esa O‘zbekistonda o‘ynayotgan barchasini bilaman. Dragan Cheran mening eng yaqin do‘stlarimdan biridir va shu sababdan bu yerdagi futboldan xabardorman.

- "Nasaf"ga kelishingiz qanday ro‘y berdi?
- Do‘stim Dragan Cheran meni "Nasaf" murabbiyiga tavsiya qilgan va men bundan juda ham minnatdorman.

- "Nasaf" va O‘zbekistondagi ilk taassurotlaringiz qanday?
- Men kelishimdan oldin ham "Nasaf" haqida ko‘p narsani eshitgandim. O‘z uyimizda o‘tkazilgan ilk o‘yinda va muxlislarimiz ko‘z o‘ngida o‘tgan uchrashuv qanaqadir menda katta taassurot qoldirdi.

- O‘zbekiston Superligasi haqida nima deya olasiz yoki buni aytishga ancha ertami?
- Hali liga haqida aytishga ancha erta, ammo mening ilk taassurotlarim ijobiydan ham ko‘proq.

- Moslashuv jarayoni, murabbiylar va yangi jamoadoshlaringiz haqida nima deya olasiz?
- Men rus tilida gapiraman va bu menga juda qo‘l keladi. Birinchi kundan boshlab murabbiylar va o‘yinchilar mehribon va do‘stona munosabatda bo‘lishdi. Huddi "Nasaf" bilan abadiy bo‘lgandayman va o‘zimni uzoq vaqtdan beri ushbu jamoaning a’zosi sifatida his qilyapman.

- Afsuski, koronavirus tufayli futbol o‘yinlari to‘xtab qolgan, hozir nimalar bilan shug‘ullanyapsiz?
- Afsuski... Umid qilamanki, hammasi tez orada iziga tushib ketadi. Hozir esa o‘z vaqtimni Qarshida, oilamga, uydagi mashg‘ulotlarga sarflayapman va hammasi yaxshi bo‘lishiga umid qilyapman.

- Siz uchun Serbiya tarixidagi eng kuchli uch futbolchi kim?
- Bu oson savol emas. Juda ko‘p o‘yinchilar top jamoalarda harakat qilishadi. Nemanya Vidich, Deyan Stankovich va Nemanya Matich.

Alisher Ostonov suhbatlashdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Ajdarlar"ning yangi o‘yinchisi Marko Stanoyevich jamoa muxlislari, jamoaga qanday kelib qolgani va koronavirus haqida