
Foto: Yandex Photos
«Real» klubining sobiq himoyachisi Roberto Karlos PSJdagi vatandoshi Neymar haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Agar barchasi mening qo‘limda bo‘lganida, Nemar allaqachon «Real»da o‘ynab yurgan bo‘lardi. Biroq hayotda barcha narsa siz o‘ylagandek bo‘lavermaydi.
Bunday futbolchilar dunyoning eng kuchli klublarida o‘ynashi kerak. Bugungi «Real» — bu istalgan futbolchining maqsadi. Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishni istaysanmi? «Real»ga kel.
Hozir Neymar PSJda baxtli. U oxirgi o‘yinlardagi kabi quvonch va zavq bilan to‘p surishi kerak. Neymarning o‘yinini tomosha qilishni barcha istaydi», — deydi Roberto Karlos.
Avvalroq Neymar «Barselona»ga qaytishni istayotgani va shu maqsadda PSJ egalariga bosim o‘tkazmoqchi ekani xabar qilingandi.
Roberto KarlosNeymar PSJReal KlubFutbolchilar MaqsadiChempionlar LigasidaYozuvchi Fikri O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar