
La Liga rahbariyati hamda klublari futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 2019/20 yilgi mavsumini yakunlab qo‘yish niyatida va bu borada uchta variantni ko‘rib chiqmoqda, deya xabar qilmoqda Marca.
Birinchi variantda o‘yinlar may oyi o‘rtalarida boshlanadi va mavsum iyul oyida yakunlanadi. Klublar haftasiga uchta o‘yin o‘tkazishga tayyor va uchrashuvlar tomoshabinlarsiz o‘tishiga ham rozi.
Ikkinchi holatda La Liga yozda davom ettiriladi, mavsumning so‘nggi o‘yinlari sentabr oyiga to‘g‘ri keladi.
Koronavirusning tarqalishi to‘xtamaydigan bo‘lsa, mavsum sentabrdan davom ettiriladi. Yangi mavsumning boshlanish vaqti esa vaziyatga qarab keyinroqqa suriladi.
Ispaniyada 28 mart holatiga kelib koronavirus yuqtirib olgan soni 65 mingdan ortib ketdi (dunyoda to‘rtinchi o‘rin). 5138 kishi virus oqibatida vafot etgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar