Foto: Gool FM
Braziliyalik futbol afsonalaridan biri Kaka «Yuventus» forvardi Krishtianu Ronaldu hamda «Barselona» vakili Lionel Messi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Krishtianu bilan birga to‘p tepganman. Haqiqatan ham ajoyib futbolchi, ammo men Messini tanlayman. U haqiqiy daho, tug‘ma iste’dod. Leo qoyilmaqom o‘yin ko‘rsatmoqda.
Ronaldu — mashina. U shunchaki kuchli bo‘libgina qolmay tezkor hamdir. Unda metin mentalitet bor. Krish har doim g‘alaba qozonishni va eng yaxshi bo‘lishni xohlaydi. Bu esa odamni hayratlantiradi.
Sport tarixida Messi va Ronaldu eng kuchli beshlikdan o‘rin oladi. Ularning o‘yinlarini kuzatish esa bizning baxtimiz borligidan, omadimiz kulganidan dalolat beradi», — deydi Kaka.
Ma’lumot uchun, Kaka 2009—2013 yillarda «Real» safida Ronaldu bilan birga to‘p tepgan. Braziliyalik professional futbolchilik faoliyatini 2017 yilda yakunlagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi?
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi