date

Avstraliya finalda!

Avstraliya finalda!

Ushbu uchrashuvni Avstraliya terma jamoasi faol boshladi va dastlabki 4 daqiqada ikki marta burchak to‘pi tepdi. Ularning birinchisi gol bilan tugadi. Seysberi burchakdan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga kiritib, hisobni ochdi.

10- daqiqada amirliklar futbolchilari hisobni tenglashtirishlari mumkin edi, Sanqur o‘ng qanotdan juda yaxshi hujum uyushtirda jarima maydonchasi ichidagi Ahmad Halilga uzatdi, Ahmad to‘pni to‘xtatmasdan darvoza tomon tepdi. Ammo gol bo‘lishiga sanoqli santimetrlar qoldi.

14-daqiqada mezbonlar ikkinchi to‘pni kiritdi. O‘ng qanotdan jarima maydoni ichiga oshirib berilgan to‘pga Keyxil ulgura olmadi, Lekkining zarbasi qaytarildi, qaytgan to‘pni Luongo yiqila turib Devidsonga uzatdi, Devidson mo‘ljalda adashmadi - 2:0.

Ikkinchi bo‘lim boshida avstraliyaliklar u qadar faol o‘yinko‘rsatmadila. BAA futbolchilar hisobdagi farqni qisqartirib, so‘ngra tenglashtirish uchun imkoniyat bor edi ammo buning uddasidan chiqmadilar. 72-daqiqada ikkita golda qatnashgan Luongo o‘zi g‘am gol muallifi bo‘lishi mumkin edi, ammo uning chap oyoqda bergan zarbasi mo‘ljalga borib tushmadi.

BAA futbolchilari avstraliyaliklar boshqa qarshilik qila olmadilar. Uchrashuv oxirigcha shu hisob saqlanib qoldi va Avstraliya terma jamoasi o‘z uylarida o‘tayotgan musobaqa finaliga yo‘l oldi.

Avstraliyaliklar finalda Janubiy Koreya terma jamoa bilan uchrashadi va guruh bosqichidagi mag‘lubiyat uchun revansh olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Osiyo kubogi

1/2 final

Avstraliya – BAA 2:0 (2:0, 0:0)

Gollar: 1:0 – 3 Seynsberi, 2:0 – 14 Devidson.
Avstraliya – Rayan, Seynsberi, Shpiranovich, Devidson, Milligan (Makkey, 58), Edinak, Keyxill (Yurich, 67), Luongo, Kruz (Troysi, 82), Franich, Lekki.
BAA – Nosir, Sanqur, Salim, Al Balushiy (Solih, 78), Ahmad, Abdurrahmon, Abdurrahmon, Ismoil, Halil (Al Qatxiriy, 65), Mabxut, Abdurrahmon (Al Hammadiy, 46).
Ogohlantirish: Lekki (42), Edinak (64).

Manba: stadion.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Avstraliya finalda!