Pike Ispaniya soliq xizmatini sudga beradi

"Barselona" himoyachisi Xerard Pike o‘zini soliq to‘lashdan bosh tortganlikda ayblayotgan soliq xizmatini sudga bermoqchi, deya xabar beradi Inside Spanish Football.
Soliq xizmati xodimlari Pikeni 2,45 million evro qarzi borligini ta’kidlashmoqda, futbolchining fikri esa bunday emas.
Ta’kidlash joiz, bu Ispaniyada futbolchilar bilan bo‘layotgan birinchi hodisa emas. Avvalroq soliq idoralari Iker Kasilyas va David Vilyadan 2 million evro talab qilgan edilar. Bunday voqealarning eng kattasi Lionel Messi bilan sodir bo‘lgan - 2014 yilda undan 53 million evro to‘lash talab qilingan.
Manba: stadion.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing