date

Milliy terma Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi

Milliy terma Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 27 mart kuni Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

O‘zaro kelishuvga ko‘ra, uchrashuv Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida 27 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi shuningdek, 31 mart kuni safarda Yaponiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishi haqida avvalroq xabar bergan edik.

Ta’kidlash joiz, mazkur o‘rtoqlik uchrashuvlari O‘zbekiston terma jamoasiga shu yilning iyun oyida start oladigan JCh-2018 2-saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.

Manba: stadion.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Milliy terma Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi