22:53 / 18.04.2020
1 985

«Bekhemga yo‘l bo‘shatganimdan xursandman» — Andrey Kanchelskis

«Bekhemga yo‘l bo‘shatganimdan xursandman» — Andrey Kanchelskis
Foto: Getty Images
«Manchester Yunayted» klubi sobiq hujumchisi, hozirda «Navbahor» bosh murabbiyi bo‘lib faoliyat yuritayotgan Andrey Kanchelskis Devid Bekhemga yordam bergani haqida gapirib o‘tdi.

Kanchelskis 1991—1995 yillar mobaynida «Manchester Yunayted»da o‘ynagan, shundan keyin «Everton»ga yo‘l olgan. Rossiyalik futbolchi ketganidan so‘ng uning asosiy tarkibdagi o‘rnini Devid Bekhem egallagandi.

«Bekhem agar men «Manchester Yunayted»dan ketmaganimda o‘yin amaliyotisiz qolishi mumkinligi haqida yozibdi. Unga yo‘l bo‘shatganimdan xursandman (kuladi). Natijada meni Rossiyadan ko‘ra Angliyada yaxshiroq tanishadi.

Meni Britaniyada har doim iliq kutib olishadi. Ishsiz yurgan vaqtlarim «Manchester Yunayted» va «Everton»ning uchrashuvlariga borib turardim. Bu mavsum ham taklif qilishdi, biroq hozirda «Navbahor»da ishlayapman, ortiqcha vaqt yo‘q.

Meni Angliya bilan yorqin xotiralar bog‘lab turadi, ayniqsa Manchester bilan. «Old Trafford»dagi ilk o‘yinim esimda. O‘shanda meni uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topishgandi. «Chelsi»ga qarshi Angliya Kubogi finali oldidan esa shaxsan qirolicha Yelizaveta II ning o‘zi omad tilagandi — bunaqasini unutib bo‘lmaydi, — deydi Kanchelskis.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Bekhemga yo‘l bo‘shatganimdan xursandman» — Andrey Kanchelskis