
Foto: La Liga
La Liga rahbariyati, Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) va Sport Oliy kengashi (CSD) Ispaniya chempionatining joriy mavsumini yakunlab qo‘yish bo‘yicha kelishib oldi, deya xabar qilmoqda Marca.
Ta’kidlanishicha, 18 aprel kuni CSD prezidenti Iren Losano, RFEF rahbari Luis Rubiales va La Liga prezidenti Xaver Tebas o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Sakkiz soat davom etgan majlisda tomonlar Primera joriy mavsumini oxirigacha yakunlab qo‘yish va muddatidan avval to‘xtatmaslik qaroriga kelgan.
Ma’lumot uchun: Ispaniya chempionatida 27 ta tur o‘yinlari bo‘lib o‘tgan. Musobaqa jadvalida «Barselona» 58 ochko to‘plagan holda peshqadam bo‘lib turibdi, undan ikki ochko kam to‘plagan «Real» keyingi pog‘onadan o‘rin olgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar