09:14 / 22.04.2020
2 946

Samarqandlik sartarosh AQSHda MMA chempioniga aylanganmidi?

Samarqandlik sartarosh AQSHda MMA chempioniga aylanganmidi?
Xabaringiz bor, Samarqand shahrida tavallud topgan hamyurtimiz Zarruh Adashev MMA bo‘yicha jahonning eng mashhur promoushenlaridan biri “Bellator” da o‘z janglarini o‘tkazmoqda. Uning erishayotgan natijalari haqida yetarlicha ma’lumotga egasiz. Qizig‘i, uning akasi Shohruh Adashev ham okean ortida sartaroshlik qilish barobarida MMA bo‘yicha chempionga ham aylana olgan...
Biz ushbu yurtdoshimiz bilan bog‘lanib, qisqacha suhbatda bo‘ldik.

- Assalomu alaykum.
- Vo alaykum assalom. Assalomu alaykum.

- Siz haqingizda Yotube da qiziq ma’lumotning guvohi bo‘ldim. Shuning uchun, biroz savollarim bilan vaqtingizni olsam aybga buyurmaysiz...
- Behijolat. Aksincha juda xursandman!

- AQSHda MMA bo‘yicha chempionga aylanibsiz. Qaysi promoushenda ekanligi haqida ma’lumot bersangiz?
- Dead serious 34 ning yarim yengil vazn toifasida chempionlik kamarini qo‘lga kiritdim. Ushbu promoushen havaskorlar hamda professionallar o‘rtasida o‘z turnirlarini o‘tkazib keladi.

- Siz qaysi yo‘nalishida g‘olib bo‘ldingiz?
- Havaskorda.

- Dead serious 34 promoushenida o‘z janglarini o‘tkazib, keyinchalik UFC ,“Bellator” bilan shartnoma imzolaganlar bo‘lsa kerak?
- Albatta. Bu promoushenning nufuzi yuqori. Turnirlari ham juda qiziq o‘tadi. Misol uchun, Frenki Edgar, Eddi Alvares, El Yakvinta, Merab Dvaliashvililar ham ushbu promoushen orqali UFC ga o‘tishgan.

- Eng qizig‘i siz AQSHda sartaroshlik bilan shug‘ullanar ekansiz?
- Ha, to‘g‘ri. Bu yerga Green Card tufayli kelganman. Dastlab, mashina tuzatish ustaxonasida ishladim. Sartaroshlikka yoshligimdan qiziqqanim va salohiyatim borligi uchun hozirda ushbu hunar bilan mashg‘ulman.

- Sportdagi faoliyatingizga xalaqit bermaydimi?
- Yo‘q.

- Chempionlikka erishish uchun nechta jang o‘tkazdingiz?
- Uchta. Aslida, 7 ta o‘tkazishim kerak edi. Lekin to‘rt marotaba raqiblarim jangdan bosh tortishdi.

- Professional yo‘nalishda ham oktagonga ko‘tarilgan bo‘lsangiz kerak?
- May oyida jangim bo‘lishi kerak edi. Lekin koronavirus tufayli qoldirildi. Bunga qadar ikki marotaba raqiblarim rad qilishi tufayli profidagi debyutim kechikkan edi.

- Havaskorda to‘rtta, professionalda ikkita raqibingiz siz bilan jang qilishni xohlashmagan... Buni sababi nimada?
- Menimcha qo‘rqishgan. Bu ham ukasi Zarruh kabi kuchli jangchi bo‘lsa, mag‘lubiyatga uchraymiz deb o‘ylashgan bo‘lsa kerak. :) Albatta, hazil. Ba’zan jarohat sababli bo‘ldi. Yana qandaydir omillar to‘sqinlik qildi.

- Darvoqea, ukangiz sizdan bir vazn pastda o‘z janglarini o‘tkazadi. O‘zaro sparringda uni mag‘lub etish imkoniyati bo‘ladimi?
- :) Ko‘proq ukam ustunlik qiladi. Chunki unda ulkan tajriba bor. Nasib qilsa, Zarruh yanada ko‘prog‘iga erishadi.

-Umuman olganda, Zarruh sizning ortingizdan sport olamiga qadam qo‘yganmi yoki aksincha?
- Ikkimiz bir vaqtda borganmiz. Samarqandda bir murabbiy ya’ni Ikrom Jalilov qo‘l ostida shug‘ullanganmiz.

- Har ikkingizga omad tilaymiz. G‘alabalar bardavom bo‘lsin!
- Katta rahmat!

Ahmadbek Eshmatov

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samarqandlik sartarosh AQSHda MMA chempioniga aylanganmidi?