22:26 / 25.04.2020
3 644

Aziz Haydarov: Garovda Vadim Abramovni yutib «Ash-Shabob»ga yo‘l olganman

Aziz Haydarov: Garovda Vadim Abramovni yutib «Ash-Shabob»ga yo‘l olganman
O‘zbekiston terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Aziz Haydarov «Tezkor Studiya» dasturida BAAning «Ash-Shabob» klubiga yo‘l olishi tarixini so‘zlab berdi.

«Qatar—2011 musobaqasi paytida O‘zbekiston terma jamoasining ko‘plab futbolchilariga chet mamlakatlardan takliflar bo‘lgan. O‘sha vaqtda «Bunyodkor»da o‘ynardim, ayni mavsum boshlanish arafasida Anzur Ismoilov ikkimizga Xitoydan taklif keldi. Anzur o‘sha vaqtda ketishga qaror qilgan, men esa yana yarim yil «Bunyodkor»da harakat qildim va undan keyin BAAga ketdim.

«Ash-Shabob»ga yo‘l olishimning juda qiziqarli tarixi bor. Taklif tushgan payti terma jamoa bilan Avstriya yig‘inida edik. Vadim Abramov yonimga kelib «Shabob»ga emas «Rostov»ga o‘tishimni maslahat berdi. O‘sha vaqtda kelajagim borasida o‘ylab yurardim. Uydagilar BAAga ketishimni xohlayotgandi.

Yig‘in vaqtida Abramov bilan garov boyladik, murabbiy maydon markazidan darvoza to‘sini yoki ustunini mo‘ljalga olishimni aytdi: «Agar to‘p tegsa «Al-Shabob»ga ketasan, agar tegmasa «Rostov» taklifini qabul qilasan», dedi. Men bunga rozi bo‘ldim, tepgan to‘pim darvoza ustuniga tekkan va shu tariqa «Ash-Shabob»ga ketganman
», — deydi Haydarov.

Ma’lumot uchun, Haydarov 2011—2017 yillar mobaynida BAAning «Ash-Shabob» jamoasida o‘ynagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aziz Haydarov: Garovda Vadim Abramovni yutib «Ash-Shabob»ga yo‘l olganman