
Foto: AFP
Og‘ir atletika bo‘yicha Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Ruslan Nurudinov antidoping qoidalarini buzganligi sabab ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) ma’lum qildi.
O‘zbekistonlik sportchining 2012 yilgi London Olimpiadasidagi qon tahlilidan taqiqlangan turinabol moddasi topilgani sabab 2019 yilning may oyida Sport arbitraj sudi Nurudinovni antidoping qoidalarini buzganlikda aybdor deb topgan.
IWF rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, diskvalifikatsiya 2018 yilning 18 dekabridan 2020 yilning 17 dekabriga qadar bo‘lgan muddatni o‘z ichiga oladi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning dekabr oyida London Olimpiadasidagi doping tahlillari natijasida besh nafar og‘ir atletikachi, shu jumladan Ruslan Nurudinov ham sportdan chetlatilishi haqida xabar qilingandi.
Nurudinov Londondagi Olimpiya o‘yinlarida 105 kilogramm vazn toifasida to‘rtinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. 2016 yilgi o‘yinlarda siltab ko‘tarishda Olimpiya rekordini (237 kg) qayd etgan holda, oltin medalga ega chiqqandi.
Og‘ir AtletikaRuslan NurudinovRio—2016Antidoping QoidalariDiskvalifikatsiyaLondon Olimpiadasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar