Hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov rossiyalik bokschi Sergey Lipines bilan 16 may kuni IBF ning vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang qilishi kerak edi. Koronavirus pandemiyasi sababli ushbu to‘qnashuv noma’lum muddatga qoldirildi.
Asli Qozog‘istonda tavallud topgan Sergey Lipines bilan Sports.kz sayti suhbat uyushtirdi. Tabiiyki, intervyudan Abduqahhorov haqidagi savollar ham o‘rin olgan. Quyida rossiyalik charmqo‘lqop ustasining yurtdoshimiz borasida berilgan savollarga javobini taqdim etamiz.
- O‘zbekistonlik Qudratillo Abduqahhorov bilan may oyida bo‘lib o‘tadigan jangingiz qoldirildi. Ushbu jang qachon bo‘lishi haqida nima deya olasiz?
- Hozircha aniq ma’lumotim yo‘q. Bevosita internet orqali guvoh bo‘ldim, Bob Arum BBC bilan translyatsiyalarni iyun oyidan boshlashlarini ta’kidladi. Umid qilamanki, avgust oyiga borib bizning jangimiz bo‘lib o‘tadi. Bu baribir aniq ma’lumot emas.
- O‘zbekistonlik raqibingiz haqida nimalarni bilasiz?
- Biz uning barcha janglarini ko‘rib chiqdik. Kuchli va yaxshi jangchi. Mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda. Shuning uchun ham IBF reytingida 1-o‘rinda turganligi ajablanarli emas. U oyoqlarida juda yaxshi harakat qiladi. Sobiq Ittifoq maktabidan qolgan ya’ni qarshi hujumlardan tashkil topgan uslub... Uning ko‘p seriyali zarbalari bor va hali biror marta nokdaunga ham uchramagan. U juda baquvvat jangchi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...