Janubiy Koreyada beysbol mavsumi tribunalardagi “soxta” muxlislar bilan boshlandi

Janubiy Koreyada beysbol mavsumi tribunalardagi “soxta” muxlislar bilan boshlandi
Foto: REUTERS
Janubiy Koreyada koronavirus epidemiyasi sababli kiritilgan karantin bekor qilingandan keyin yangi beysbol mavsumi start oldi.
Katta sport muxlislarsiz qaytmoqda, biroq koreyaliklar haqiqiy o‘yin muhitini yaratishga urinib ko‘rishdi. Inchxonda mahalliy “SK Viverns” beysbol jamoasi shu maqsadda tribunalarda niqoblarda bo‘lgan muxlislar suratlari tasvirlangan ulkan bannerlarni joylashtirib chiqqan.
Janubiy Koreyada beysbol mavsumi tribunalardagi “soxta” muxlislar bilan boshlandi
Hakamlar o‘yinda qo‘lqoplar va niqoblarda ishlashgan. Beysbolchilarning o‘zi esa o‘yinga niqobda chiqishgan, biroq ularga o‘yin vaqtida uni taqmaslikka ruxsat berilgan. Shuningdek, o‘yinchilarga qo‘l siqishish va tuflash taqiqlangan.

Janubiy Koreyada 8 maydan futbol bo‘yicha mamlakat chempionati ham start oladi.
Janubiy Koreyada beysbol mavsumi tribunalardagi “soxta” muxlislar bilan boshlandi
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 10810 nafarni, undan vafot etganlar 256 nafarni tashkil qilmoqda. Oxirgi bir kun ichida 4 ta yangi kasallanish va bitta o‘lim holati qayd etilgan.
Janubiy Koreyada beysbol mavsumi tribunalardagi “soxta” muxlislar bilan boshlandi
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar