18:52 / 08.05.2020
2 197

Legioner futbolchimiz faoliyat yuritayotgan mamlakat va O‘zbekistondagi karantin talablarini solishtirdi

Legioner futbolchimiz faoliyat yuritayotgan mamlakat va O‘zbekistondagi karantin talablarini solishtirdi
O‘tgan mavsumning ikkinchi qismini «Bunyodkor»da o‘tkazgan Shohruh Gadoyev 2020 yilni Ozarbayjonning «Keshla» jamoasi tarkibida boshlaganidan xabaringiz bor. "Bunyodkor" klubi matbuot xizmati karantinni Ozarbayjonda o‘tkazayotgan futbolchining fikrlarini taqdim etdi.

- Avvalo O‘zbekiston xalqiga, yurtdoshlarimiz, futbol muxlislariga salom yo‘llayman! Ayni kunlarda dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida koronavirus sababli karantin e’lon qilingan. Xususan, shu kunlarda men istiqomat qilib turgan Ozarbayjonda ham. Bu yerda chempionatning so‘nggi uchrashuvini 8 mart kuni o‘tkazganmiz. Navbatdagi o‘yinimiz 14 martda bo‘lib o‘tishi lozim edi. Shu bellashuvga tayyorgarlik ko‘rayotganimizda hukumat karantin e’lon qildi. Mana oradan ikki oy o‘tdiki, hali karantin bekor qilingani yo‘q. Futbolchi uchun futbolsiz hayot qanchalik qiyin va zeriklarli ekanligiga yana bir bor guvoh bo‘ldim.

Ozarbayjonda ham karantinning ilk kunlari qattiq tartibda o‘tdi. Belgilangan qarorga ko‘ra 5 may kuni mamlakatda karantin yakunlanishi kerak edi, biroq hukumat muddatni 31 may sanasiga qadar cho‘zdi. Lekin kechadan boshlab tartib biroz yengillashdi. O‘zbekiston bilan solishtiradigan bo‘lsak talablar orasida deyarli farq yo‘q. Bu yerda ham avtomashinada yurish uchun maxsus ruxsatnoma olish kerak. Ko‘chaga chiqish tartiblarida ham farq ko‘rmaysiz. Amal qilmagan jarima to‘laydi.

Federatsiya chempionatni muddatidan oldin tugatish yoki davom ettirish haqida yakuniy qarorni qabul qilmadi. Mashg‘ulot o‘tkazyapmiz, faqat maydonda emas, balki uyda. Aniqrog‘i, jamoaning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi ijtimoiy tarmoq orqali onlayn tarzda mashg‘ulot o‘tkazyapti.

Xalqimizdan karantin qoidalariga qat’iy amal qilib, virusni tezroq chekinishiga hissa qo‘shishini so‘rab qolaman, - dedi Gadoyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Legioner futbolchimiz faoliyat yuritayotgan mamlakat va O‘zbekistondagi karantin talablarini solishtirdi