Superliga 3-turidan keyin «Andijon» jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqqan rossiyalik Aleksandr Xomyakov o‘rniga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Muborakning «Mash’al», Qarshining «Nasaf» va Olmaliqning OKMK klublari orqali o‘zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan rossiyalik mutaxassis Viktor Balyutovich Kumikov «Andijon» jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Klub rahbariyati rossiyalik mutaxassis bilan muzokara olib bordi va muzokara ijobiy yakunlandi», - deya yoziladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 57 yoshli Viktor Balyutovichning so‘nggi jamoasi Qozog‘istonning «Atirau» klubi bo‘lgandi. Ma’lum muddat Qozog‘iston milliy jamoasida murabbiylik qilgan Viktor Kumikov faoliyati mobaynida ikki marta Qozog‘iston chempioni, bir marta mamlakat kubogi va Superkubok sohibi bo‘lgan va uch marotaba mamlakatning eng yaxshi murabbiyi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Kumikov oldinroq Navoiyning «Qizilqum» klubi bilan muzokara olib borgan, biroq kelishuvga erishilmagandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas