14:26 / 18.05.2020
2 126

«Bu yerda emassiz, biroq biz bilansiz». «Kyoln» stadioni o‘rindiqlari muxlislar liboslari bilan to‘ldirildi (foto)

«Bu yerda emassiz, biroq biz bilansiz». «Kyoln» stadioni o‘rindiqlari muxlislar liboslari bilan to‘ldirildi (foto)
Germaniya Bundesligasi qayta boshlanib, katta futbol havosi ufurgan bo‘lsa ham, muxlislarsiz stadionlarni ko‘rish ko‘ngilni xijil qilmoqda. Shu sabab klublar sanitariya qoidalarini buzmagan holda o‘rindiqlarni turli yo‘llar bilan to‘ldirishga urinmoqda. Avvalroq Myunxengladbaxning «Borussiya» jamoasi bu borada o‘ziga xos yo‘l tutgandi.

«Kyoln» klubi ham bunga chiroyli yechim topdi. Klub ishqibozlardan o‘zlari uchun omadli hisoblangan futbolka, sharf, o‘yinchoqlar jo‘natishni so‘radi va ular orqali markaziy tribuna to‘ldirildi.

Futbolkalardan iborat mozaikaning ko‘p qismi klub tomonidan qilingani ko‘rinib turibdi. Biroq qolgan o‘rindiqlar aniq muxlislar libosi bilan to‘lgan: u yerda turli mavsum va hatto turli davrlarning futbolkalari bor.

Tribuna klub ijtimoiy tarmoqlarida shunday nomlandi: «Siz bu yerda emassiz, biroq biz bilansiz».


«Kyoln» klubining timsoli aylangan Hyonnes IX echkisi bu safar maydonga tushmadi. Hozircha hayvonlarni stadionlarga olib kirish taqiqlangan. Biroq uning yumshoq versiyasi tribunadan o‘rin oldi.


Muxlislar o‘z balkonlarida bir vaqtda to‘planib, klub madhiyasini birgalikda kuylashini tashkil qilish maqsadida «Kyoln» rasmiy saytida maxsus dastur ishga tushirildi.

«Mayns»ga qarshi kechgan bahsda «Kyoln» dastlab ikkita to‘p farqi bilan oldinga o‘tib oldi, biroq ikkinchi bo‘limdagi gollar evaziga mehmonlar muvoznatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi — 2:2.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Bu yerda emassiz, biroq biz bilansiz». «Kyoln» stadioni o‘rindiqlari muxlislar liboslari bilan to‘ldirildi (foto)