
"Inter" ushbu mavsum yakunlanganidan keyin "Barselona" himoyachisi Samuel Umtitini sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.
O‘z navbatida Milan klubi futbolchi APLda o‘ynash istagidan voz kechib, "Inter" uchun jon kuydirishi kerakligini istamoqda.
"Barselona" esa Umtitiga bo‘layotgan qiziqishdan foydalanib, "Inter"dan Lautaro Martinesni sotib olish imkoniyatlarini chamalamoqda. Forvardning tovon puli 111 mln yevroga teng.
Oldinroq kataloniyaliklar Umtitini 50 mln yevro evaziga sotib yuborishi mumkinligi borasida ma’lumotlar tarqagandi.
Umtiti esa faoliyatini APLda davom ettirishni istamoqda.
Manba: championat.asia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar