BAA chempionatida faoliyat olib borayotgan ikki nafar legionerimiz ayni paytda O‘zbekistonda bo‘lib turishibdi.
"Sharja" yarim himoyachisi Otabek Shukurov va "Shabab Al Ahli" vakili Azizjon G‘aniyev pandemiya tufayli bir necha kun oldin yurtimizga qaytishgan va 14 kun karantinda bo‘lishgan. Hozirga qadar yakka tartibda mashg‘ulot o‘tkazgan futbolchilar formalarini ushlab turish uchun "Nasaf" klubi mashg‘ulotlariga qo‘shilishadi.
"Nasaf" futbol klubi murabbiylar shtabi va barcha futbolchilar bir necha kun oldin koronavirus uchun test topshirishgan. Hech qaysi shaxsda virus aniqlanmagan.
Ma’lumot uchun, BAAda koronavirus pandemiyasi tufayli chempionat o‘yinlari avgust oyiga qadar qoldirilgan. BAA chempionatida 19ta tur ortda qolgan va klublar yana 7ta turni o‘tkazishlari lozim. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi