19:35 / 04.06.2020
2 171

Ronaldu, Messi va Neymar koronavirus davrida «instagram»da qancha daromad topgani ma’lum bo‘ldi

Ronaldu, Messi va Neymar koronavirus davrida «instagram»da qancha daromad topgani ma’lum bo‘ldi
Sportchilarning pandemiya davrida «instagram» orqali qancha daromad ko‘rgani ma’lum bo‘ldi, deya yozmoqda Daily Mail.
Ushbu ijtimoiy tarmoq 12 martdan 14 maygacha uch nafar futbolchi - Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi va Neymarni yanada boyitdi.

Bu futbolchilarning har biri ushbu davr ichida homiy va hamkorlarning 4tadan reklama postini e’lon qildi. 219 million nafar obunachiga ega bo‘lgan Ronalduga bu reklamalar 2,1 million yevro foyda keltirgan bo‘lsa, 151 million nafar obunachiga ega bo‘lgan Messi 1,45 million yevro, Neymar esa (138 mln obunachi) 1,33 million yevro daromad topdi. Xususan, portugaliyalikning bitta reklama posti unga o‘rtacha 526 ming yevro, argentinalikka – 363 ming, braziliyalik futbolchiga esa 333 ming yevro mablag‘ keltirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu, Messi va Neymar koronavirus davrida «instagram»da qancha daromad topgani ma’lum bo‘ldi