APL translyasiya huquqi 5.1 mlrd funtga sotildi

APL translyasiya huquqi 5.1 mlrd funtga sotildi
APL translyasiya huquqi 5.1 mlrd funtga sotildi

Angliya Premyer-Ligasi rahbariyati Premyer-Liga o‘yinlari transferini 5.1 mlrd funtga sotdi. Premyer-Liga o‘yinlarini sotib olish uchun kurashda esa SKY hamda BT kompaniyalari yutib chiqdi. Aynan ushbu kompaniyalar, 2016/17 yilgi mavsumdan boshlab 3 yil davomida APL o‘yinlarini translyasiya huquqiga egalik qiladi.

Agar avvalgi shartnoma bilan solishtirsa, APL ushbu sotuvdan 70% ko‘proq foyda ko‘radi. Ma’lumot uchun, ayni damda Premyer-Liga autsaeyderi bo‘lib turgan "Bernli" translyatsiyalardan tushgan moliyaviy aylanma bo‘yicha Gollandiyaning bu boradagi yetakchisi - "Ayaks"ni ham ortda qoldiradi.

APL rahbariyati shuningdek, kelasi mavsumdan boshlab maydonlarning holatini yaxshilash uchun 56 mln funt ajratadi.

Shuningdek, APL rahbariyati chiptalar narhini oshirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Ammo, bu masala keyinroqqa qoldirilishi mumkin. Boisi, yangi televizion shartnomaga ko‘ra klublarning bilet sotuvlarisiz ham ko‘proq pul topish imkoniyati bor.

Manba: www.stadion.uz

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar