Foto: Getty Images
Turinning «Yuventus» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu daromadi 1 mlrd dollardan oshgan dunyodagi birinchi futbolchiga aylandi. Bu haqda Forbes xabar berdi.
35 yoshli futbolchi faoliyati davomida 1 mlrd dollardan ortiq pul topgan tarixdagi uchinchi sportchi bo‘ldi. Undan avval golfchi Tayger Vuds va bokschi Floyd Meyvezer ana shu ko‘rsatkichni zabt etgandi.
Ronalduning 17 yillik faoliyati davomida «Sporting», «Manchester Yunayted», «Real» va «Yuventus» klublarida olgan maoshi 650 mln dollarni tashkil etgan. Qolgan daromadini esa homiylar bilan shartnomalar orqali qo‘lga kiritgan.
Amerikaning Nike kompaniyasi bilan shartnomaga ko‘ra, Ronaldu yiliga 20 mln dollar oladi. U 2016 yilda kompaniya bilan bir umrlik shartnoma tuzgan. Futbolchi shuningdek, Clear, Herbalife va Abbott bilan hamkorlik qiladi.
Ronaldu o‘tgan yili 105 mln dollar ishlab topgan. U Forbes jurnalining eng ko‘p daromad topuvchi mashhurlar reytingida model Kayli Jenner (590 mln dollar), reper va dizayner Kane Uest (170 mln dollar) va tennischi Rojer Federerdan (106,3 mln dollar) keyin to‘rtinchi o‘rindo joylashgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi