Og‘ir atletika Olimpiada dasturidan chiqarilishi mumkin

Og‘ir atletika Olimpiada dasturidan chiqarilishi mumkin
Foto: RIA Novosti
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi og‘ir atletika Olimpiada dasturidan chiqarilishi mumkinligini istisno qilmayapti. XOQ prezidenti Tomas Bax Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasidagi (IWF) korrupsiya bo‘yicha hisobotdan karaxtga tushganini aytgan.

Men og‘ir atletika, Tamash Ayan [IWF’ning sobiq prezidenti] bo‘yicha hisobotdan karaxtga tushdim. Ularga bu bo‘yicha yordam bermoqchimiz. Biz o‘z ortimizdan qat’iy choralar ko‘rish huquqini saqlab qolamiz. Hattoki og‘ir atletika O‘yinlar dasturidan chiqarilishi mumkin”, deb aytgan Bax.

Avvalroq kanadalik huquqshunos Richard Maklaren IWF’dagi vaziyatga bag‘ishlangan hisobotni taqdim qilgan. Uning jamoasi federatsiya faoliyatida Tamash Ayan boshchiligida yo‘l qo‘yilgan ko‘plab qonunbuzarliklarni aniqlagan. Bunday qonunbuzarliklar orasida mablag‘larning o‘g‘irlanishi, doping holatlarining yashirilishi, saylovlarda ovozlarning sotib olinishi kabilar bor.

81 yoshli Tamash Ayan IWF’ga 2000 yildan 2020 yilgacha rahbarlik qilib kelgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar