
“Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis “Bunyodkor”ning 18 yoshli futbolchisi Jasur Jaloliddinov Moskvaning “Lokomotiv” klubiga o‘tayotgani haqidagi xabarlarga o‘z munosabat bildirdi. Taniqli murabbiyning fikrlarini Rossiya sport nashrlari muxlislar e’tiboriga havola qilmoqda.
- Bu futbolchini bizga ham tavsiya qilishgandi. Biz 18 yoshli futbolchi uchun katta mablag‘ to‘lolmaymiz. 300 ming yevro katta pul. U hali O‘zbekiston chempionati saviyasidan o‘sib ketganicha yo‘q. U jismonan kuchayishi kerak. Hozir Rossiya chempionatiga ko‘nikishi qiyin kechadi. Uning bo‘yi baland emas. Lekin qo‘l-oyog‘i chaqqon, aqlli futbol ko‘rsatadi. Qanotlardan hujumga o‘tadi, jamoasining asosiy tarkibida o‘ynamoqda. Yaxshi o‘ynaydi. Bu yerda ozgina tajriba orttirishi kerak, - dedi Kanchelskis.
Shuningdek, tajribali murabbiy “Lokomotiv” ham rivojlanish yo‘lida yangi yo‘nalish olayotgani, Jasurning Italiyaga borib kelgani, agar moskvaliklarga bu o‘yinchi kerak bo‘lsa, albatta u uchun mablag‘ ham topilishini ta’kidladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar