
Biroz avval, OFK shtab-kvartirasida U-19 Osiyo chempionatiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Unda Temur Kapadze boshchiligidagi terma jamoamiz musobaqa mezboni bo‘lgani bois A guruhidan joy oldi.
Ushbu kvartetda hamyurtlarimiz Indoneziya, Kambodja va Eron bilan kuch sinashadi. Dastlabki raqibimiz Eron, keyin Kambodja bilan bellashamiz. Oxirgi turda esa terma jamoamizga Indoneziya raqiblik qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur qit’a birinchiligi 14-31 oktabr kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar Toshkent, Olmaliq va Namangan shaharlaridagi 4 ta stadionda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar