
"Sochi” – “Rostov” uchrashuvi Britaniya OAV e’tiboriga tushdi. Daily Mail nashri “Rostov”ning 17 yoshli posboni Denis Popov haqida maqola chop etdi.
Popov “Sochi”ga qarshi bahsda 15 ta seyv ko‘rsatib, musobaqa rekordini o‘rnatdi. Shuningdek, u Anton Zabolotniyning penaltidan yo‘llagan zarbasini ham qaytargan.
“Rossiya Premer-ligasi jamoasi 10ta gol o‘tkazib yubordi, ammo hatto Roy Kin (tanqidlarni xush ko‘ruvchi ma’nosida) ham bu darvozabonni ayblay olmadi. “Rostov” yosh bolalarni maydonga olib chiqishga majbur bo‘lganida, 17 yoshli o‘yinchi darvozani qutqarish bo‘yicha rekord qo‘ydi”, deya yozgan nashr.
RostovSochiDenis PopovBritaniya OAVMusobaqa RekordiAnton Zabolotnyi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar