O‘zbekistonlik MMA jangchisi Ahliddin Mirzadavlatov Rossiyaning eng nufuzli promousheni bilan shartnoma imzoladi. Yanada aniqroq qilib aytganda, Chechenistonning ACA (Absolute Championship Akhmat) promoushenining mijoziga aylandi. Hamyurtimizning ACAdagi debyuti 8 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Mirzadavlatov so‘nggi jangini Toshkentda tashkil etilgan “GFC 20” turnirida ozarbayjonlik Jafar Ismiyevga qarshi o‘tkazib, birinchi raundda g‘alabaga erishgan edi. Umuman olganda, yarimo‘rta vazn toifasida (77,11 kg) oktagonga ko‘tariladigan Ahliddin faoliyati mobaynida 9 ta jang o‘tkazib, ularning 8 tasida zafar quchgan va bir bora undan omad yuz o‘girgandi.
Manba: sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)