23:23 / 26.06.2020
1 665

Ro‘ziqul Berdiyev: "Raqiblar bizga yuqori baho berishmoqda va faqat himoyaviy futbol o‘ynashmoqda"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Raqiblar bizga yuqori baho berishmoqda va faqat himoyaviy futbol o‘ynashmoqda"
"Nasaf" va "Buxoro" jamoalari o‘rtasida o‘tgan bahsdan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi.
Bugun raqib darvozasi tomon 20ga yaqin zarba berdik, g‘alabaga erishish uchun vaziyatlar ham yarata oldik. Ammo so‘nggi nuqtani qo‘yish, hujumlarni yakunlashda sovuqqonlik yetishmayapti. O‘yin bir tomondan qoniqtirdi, ammo futbolda natija birinchi o‘rinda. Raqiblar bizga yuqori baho bergan holda faqat himoyaviy o‘yin tanlashmoqda. Shunga qaramay vaziyatlar yaratdik, ammo gol ura olmadik. To‘g‘ri ochko ko‘p yo‘qotayapmiz. Yigitlar g‘alaba uchun oxirigacha kurashishdi. Ularni nimadirda ayblab bo‘lmaydi.

- Restartdan keyin ketma-ket uchta durang qayd etildi. "Nasaf" durangchi jamoaga aylanib qolmadimi?
- Yo‘q. To‘g‘ri durang o‘ynayapmiz, ammo ko‘rgan bo‘lsanglar mana shu uchala o‘yinda raqiblardan ustunlik qildik.

- Dilshod Rahmatullayev oxirgi ikki o‘yinda barvaqt zaxiraga olinmoqda. Bu nima bilan bog‘liq?
- Yo‘q, uning tajribasi bor. Unga ishonamiz. Ba’zida o‘z o‘yinchisini yo‘qotib, hujumga berilib ketayotgani uchun sxemamizni o‘zgartirdik va almashtirdik.

- Stanoyevich burchak to‘pini amalga oshirmoqda. U bo‘ydor, burchak to‘pini amalga oshirmay jarima maydoni ichida ko‘proq foydali bo‘ladi deb o‘ylamaysizmi?
- Markoni bosh bilan yuqori saviyada o‘ynay olishini ko‘rmadim. Lekin jarima to‘plarini yaxshi uzatib beradi.

- Dilshod Saitov qachon safga qaytadi?
- Jarohatidan deyarli qutuldi, o‘ylashimcha keyingi turlarda maydonga tushadi.

- Afrikalik futbolchining taqdiri nima bo‘ldi?
- Faysal Traore bizga tegishli futbolchi va "Dinamo" safida qaydnomadan o‘tgandi. Biroq yaqinda Samarqand klubi ijara shartnomasini bekor qildi. Biz faqat transfer oynasi ochilganidan keyin uni ro‘yxatdan o‘tkaza olamiz.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Raqiblar bizga yuqori baho berishmoqda va faqat himoyaviy futbol o‘ynashmoqda"