23:30 / 27.06.2020
2 401

Andrey Shipilov: "Futbolchilarimning ko‘zida xohish va intilish ko‘rmadim"

Andrey Shipilov: "Futbolchilarimning ko‘zida xohish va intilish ko‘rmadim"
Coca Cola Superligasining 6-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Navbahor" (1:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Shipilov o‘z fikrlarini bildirdi.

"Oltinchi turga qadar biz ham, "Navbahor" ham ochkolar jamg‘arayotgan edik. Safarda g‘alabalar qozongandik. Bugun optimistik kayfiyatda maydonga tushgandik. Namangan shahri jamoasi o‘zi yaratgan barcha vaziyatlarni golga aylantirdi. Bugun bizning yigitlar o‘ynashni istamagandek ko‘rindi. Xohish va intilish kuchli bo‘lmadi. Markazda oddiy elementar xatolarga yo‘l qo‘ydik.

Hozir qaynoq haroratda va hissiyot bilan biron bir narsa deyish qiyin. Ertaga xotirjam futbolchilarning harakatlarini tahlil qilib chiqamiz. Xatolarni ko‘rib xulosa chiqaramiz. Uyda mag‘lubiyatga uchrash doim yoqimsiz va hunuk. Ha, biz mag‘lub bo‘ldik. Buni tan olamiz. "Navbahor"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Futbolchilar va murabbiylar proffesional. Muxlislarsiz bitta biz o‘ynayotganimiz yo‘q.

Bugun turnir jadvalidan kelib chiqib gapiradigan bo‘lsak oltinchi turning markaziy o‘yini bo‘ldi. Akbar Ismatullayevga e’tirozim yo‘q. U o‘z darajasida o‘ynamoqda.
Jurnalistlarni bayrami bilan tabriklayman. Ma’lumotlarni va xabarlarni yetkazib berishda ularning o‘rni beqiyos",- deydi Andrey Shipilov.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Shipilov: "Futbolchilarimning ko‘zida xohish va intilish ko‘rmadim"